Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijadorligi bilan yaqindan tanishish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasiga bo’lib o’tgan tashrifi aniq maqsad va vazifalarga boy bo‘ldi. (https://www.agro.uz/qoraqalpoq-zamini-iqlimi-hamda-tabiatiga-xos-va-mos-ekin-navlari-yaratilmoqda/)
Tashrif dasturiga muvofiq, korxona va tashkilotlar faoliyati bilan yaqindan tanishar ekan, innovatsion loyihalarni jalb qilish yuzasidan manzilli takliflar berdi.
Chunonchi, “Don va sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi” faoliyati bilan ham tanishuv davomida ayni masalalarga e’tibor qaratildi.
Aytish kerak, yillar davomida Qoraqalpoq zamini iqlimi va tabiatiga xos va mos ekin navlarini yaratishda mazkur muassasaning o‘rni beqiyos. Tajriba maydonida 24 turdagi mahalliy nav sinov jarayonida. Qo‘shimcha 30 dan ortiq nav boshqa hududlardan olib kelib o‘rganilmoqda.



