Kuzgi boshoqli don ekinlarini parvarishlashda dolzarb agrotexnik tadbirlar va ularning samaradorligi” mavzusida dala seminari tashkil qilindi

Don va sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan 2025-yil hosili uchun ekilgan kuzgi boshoqli don ekinlarini parvarishlashda dolzarb agrotexnik tadbirlar va ularning samaradorligi mavzusida fermerlar uchun dala seminari tashkil qilindi.

Seminarda Birlashma direktori D.Utambetov bugun kuzgi boshoqli don ekinlarini parvarishlashda dolzarb vaqt ekanligini va yuqori hosil olish uchun qanday agrotexnik tadbirlar bajarish kerakligini aytib o‘tdi.

Hozirgi rivojlanish holatiga qarab g‘alla maydonlari 3 ta guruhga ajratish mumkin:
1⃣guruh: rivojlanishdan orqada qolgan, 1-2 va 3-4 barg chiqargan g‘alla maydonlari;
2⃣guruh: rivojlanayotgan, to‘liq tuplashga kirmagan g‘alla maydonlari;

guruh: to‘liq tuplagan g‘alla maydonlari.

Bugungi kunda kuzgi boshoqli don ekinlarini 150-200 kg meyorda “Sulfat ammoniy ” mineral o‘g‘iti bilan oziqlantirilsa, ushbu o‘g‘itni o‘simlik 70 kungacha o‘zlashtiradi. Tuproq va o‘simlik ildizini qizdiradi, qo‘shimcha tup hosil qiladi, sovuqqa chidamligini oshiradi va havoga uchib ketmasligi natijasida sekin ta’sir etish evaziga o‘simlikni rivojlanish holati yaxshilanadi. “Sulfat ammoniy” o‘g‘itida 20-25 fevralga qadar foydalanish zarur ekanligi agar kechiktirib berilsa, salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi ta’kidlab o‘tildi.

Seminar yakunida kuzgi boshoqli don ekinlarini parvarishlashda dolzarb agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma fermerlarga tarqatildi.

blank
blank

Прокрутить вверх