Seminarda sholichilik bilan shugʻullanuvchi olimlar, mutaxassislar va fermer xoʻjaliklari vakillari qatnashdi.
Unda sholi etishtirishda zamonaviy suv tejovchi texnologiyalar turlari, texnologiyalarni joriy qilishdagi muammolar va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish boʻyicha maʼlumotlar berildi.
Shuningdek hamkorlik doirasida Don va sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi tajriba maydonida Qoraqalpogʻiston Respublikasi sharoitida tomchilatib sugʻorish texnologiyasidan foydalanib, sholi etishtirish boʻyicha olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari bilan tanishildi.



